Sotuvlaringizni Oshirib, Daromadingizni Ko’paytiradigan Servisdan Bugunoq Foydalaning!

Agar biznesingiz qo’ngi’roqlarini qabul qilish va amalga oshirish bilan bog’liq bo’lsa, unda bu muammolar sizga tanish:
Xodimlaringiz kirish qo’ng’iroqlarini qabul qilishga ulgurmaydi
Mijozlar liniyada uzoq kutib qolishadi
Javob berilmagan qo’ng’iroqlarga qayta bog’lanishmaydi
Ish vaqtidan tashqari mijoz yo’qotasiz
Xodimlar ish hajmini baholay olmaysiz
Mijozlaringiz kompaniyangiz haqida nima o’ylashlarini bilmaysiz
Mijozlar ro’yxatini Excelda yuritishdan charchagansiz
Menejerlar ishini qanday baholashni bilmaysiz
Ishingizda tizimlar juda ko’p
Menejerlar ko’p vaqtini behuda sarflashadi
Siz murojaatlar sifatidan mamnun emassiz

Statistika bo’yicha 73% mijoz sotuvini aynan telefon orqali amalga oshiradi. 30-50 foiz qo’ng’iroqlar esa mijoz savoliga yetarli javob ololmagani uchun muvaffaqiyatsiz yakunlanarkan.
Ya’ni o’rtacha xarid cheki 100 dollar bo’lgan kompaniya bir oyda qo’ng’iroqlarga vaqtida javob bermaslik oqibatida 3000 dollar pulini yo’qotadi.
Bu muammoni hal qilib, daromad kamayishining oldini olish mumkinmi?
Albatta mumkin!
IP-telefoniya OnlinePBX – bu internet orqali telefon aloqa. U marketing agentliklari, web-studiyalar, internet magazinlar, yetkazib beruvchilar, rieltorlik idoralari, tibbiyot klinikalari, spa-salonlar, va fitnes-sentrlar sotuv bo’limlari uchun foydali yechim.
Biz 14 yildan ortiq vaqt davomida Rossiya, MDH va Yevropa bozorlari uchun ishladik.
Hozirda dunyo bo’ylab 25 mingdan ortiq foydalanuvchilarimiz mavjud.
Biz eng mashhur CRM-sistemalarni uyg’unlashtirib, O’zbekistonning barcha aloqa operatorlari bilan ishlaymiz.
14 yil davomida bizga biznes ichki yurituvida muammolarga duch kelgan ko’plab kompaniya rahbarlari murojaat qilishgan
Bizda siz uchun ajoyib yangilik bor!
Endi vaziyatni o’nglash uchun vaqt sarflashingizga hojat qolmadi. Biz bu muammolar yechimini o’z zimmamizga olamiz.



Xodimlar ishi haqida hisobot
Qo’ng’iroqlar statistikasi
Noutbuk yoki smartfon va hatto CRM-sistemadan turib qo’ng’iroq qilish imkoniyati
Javob berilmagan qo’ng’iroqqa qayta ulanish tizimi
Muvaffaqiyatsiz murojaatlar soni kamayishi
Mijoz va xodim o’rtasidagi barcha suhbatlar yozuvi
Mani uy-joy sotuvi bilan shug’ullanadigan firmam bor. Ishimiz OnlinePBX bilan bog’langan amoCRM sistema o’rnatib qo’yganman. To’g’rirog’i, dasturchilar hamma narsani 20 daqiqa ichida sozlab, ishga tushirib berishdi. Haligacha ishlab turibdi, foydalanyapmiz. Bitta tugma bilan CRM-sistemaning o’zidan turib qo’ng’iroq qilish mumkin. Har bitta xodimim bilan mijoz o’rtasidagi suhbat yozib olinadi. Agar mijoz qo’ng’iroq qilib tusholmasa, qaytib bog’lanish kerakligi haqida xabar keladi. Operatorlarim tezda tushunib olishdi. Sotuvlaram sezilarli darajada oshdi. Men mamnunman va boshqalarga ham tavsiya qilaman👌
O’zim sotuv bo’limini boshqaraman. OnlinePBXga ulanganimizga 2 yil bo’ldi. Chiqish qo’ng’iroqlari uchun telefoniyadan bepul ketadi, abonent to’livin to’lasangiz, bo’ldi. Izlash va nastroyka uchun vaqt ketkazish shart emas, bunisi quvontiradi. Telefoniya sozlash uchun qulay ekan. Uning yordamida bir nechta operatorlarga ulanish mumkin. Shu paytgacha qo’ng’iroqlarning uzilib qolishi, o’chib qolishlar bo’lmadi. Hamma qo’ng’iroqlar saqlanib qoladi, ma’lumotlarni ko’tarib, xohlaganingizni eshitishingiz mumkin. Nima ham derdim, sotuvlarim bir barobar oshdi, foyda va xodimlarga mukofotlar ham.
IP telefoniyaga bir yil oldin ulanganmiz. Onlayn PBX tizimimizda hamma qo’ng’iroq yo’nalishlarini sozlasa bo’ladi. Onlayn PBXda hammasi avtomatlashgan, kliyentlar har doim aloqada. Agar operator qo’ngiroqqa ulgurolmasa, tizim unga qayta qo’ng’iroq qilish vazifasini qo’yadi. Barcha qo’ng’iroq va ma’lumotlar rahbariyatga yetkaziladi. Kunlik hisobot va statistika bor, qaysi raqamdan ko’proq qo’ng’iroq bo’lgan, qaysi menejer ko’proq ishlayapti. Qo’ng’iroqlarni yozib olish har bir xodimni nazoratda ushlab turishga yordam beradi. Man xursandman, ulanganimizdan beri biz bittayam murojaat yo’qotmadik!

Sotuv bo’limidagi bitta xodim kecha nechta mijozga qo’ng’iroq qildi?
Nechta mijozga javob berilmay qolib ketdi?
Menejer oxirgi hafta, oy, yilda nechta murojaat opkeldi?
Kompaniyangizda bitta murojaatning bahosi qancha?
Mijozlaringiz shubha va ikkilanishlaridan xabaringiz bormi?
Qancha mijoz bir marta qo’ng’iroq qilib, sabri chidamay o’chirib qo’ydi?
Menejerlaringiz o’z mijozlar bazasini qanday yuritadi?
Reklama sizga bir kunda nechta qo’ng’iroq olib keladi?


Mijozlaringiz bilan bir sutkada 24 soat, haftada 7 kun aloqada bo’lishingizni ta’minlash, har qanday savolga javob berish hamda texnik qo’llab-quvvatlash uchun Biz doim tayyormiz.
OnlinePBX – har bitta mijozni qadrlaydiganlar uchun telefoniya!
Yoki biznesda yangi bosqichga chiqishni istamay, befoyda xodimlarni shtatda saqlab, murojaatlarni yo’qotishda davom etmoqchidirsiz…
Lekin bir narsani yoddan chiqarmang – raqobatchilaringiz allaqachon IP-telefoniyadan foydalanmoqdalar. Demak ular sizdan bir qadam oldinda.
Raqobatchilaringizdan ortda qolishga davom etmoqchimisiz? Pullaringizni yo’qotishga tayyormisiz?

Siz ega bo’lasiz:
Yuqori darajali xizmat
Uzluksiz texnik yordam
Sifat kafolati
Qo’ng’iroqlar uchun qulay tariflar
Yuqori sifatli aloqa
Virtual raqamlardan foydalanish
Serverning mustahkam himoya tizimi
Va kompaniyangiz samarali ishlashini ta’minlovchi boshqa qulayliklar
Sinov muddati – 14 kun
6 oy to’langanda – 2,5 hafta
1 yil to’langanda – 2,5 oy
This site is not a part of the Facebook website or Facebook Inc. Additionally, This site is NOT endorsed by Facebook in any way. FACEBOOK is a trademark of FACEBOOK, Inc.